TOShKENT, 3 sen — Sputnik. Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi ekstremizm va hokimiyatni egallab olishga chaqiriqlar uchun jazoni kuchaytirishni taklif qilmoqda.
“Qirg‘iziston Respublikasining mazkur qonun loyihasi ekstremistik materiallarni tarqatish va hokimiyatni zo‘ravonlik bilan egallab olishga chaqiriqlar uchun jinoiy javobgarlikni kuchaytirish; oldindan ogohlantirilgan shaxslar uchun ekstremistik materiallarga egalik qilishga va ommaviy chaqiriqlar uchun jinoiy javobgarlikni joriy etish", - deyiladi seshanba kuni normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilish yagona portalida e’lon qilingan hujjatda.
Qonun loyihasida Jinoyat kodeksiga ikkita yangi moddalar: “Ekstremistik materiallarni saqlash” va “Ekstremistik faoliyatga ommaviy chaqiriqlar” qo‘shilishi nazarda tutilgan. Mavjud moddalarga ko‘ra, ekstremistik materiallar tayyorlaganlik uchun eng ko‘p jazo muddatini 3-yildan 5-yilgacha, hokimiyatni zo‘ravonlik bilan egallab olishga ommaviy chaqiriqlar uchun — 5-yildan 7-yilgacha oshirish taklif etilmoqda.
Mualliflar qonun loyihasini asoslashda oxirgi paytlarda dunyoning qator mintaqalarida beqarorlik tufayli faoliyati davlat va fuqarolar xavfsizligiga tahdid soluvchi radikal guruhlar va ekstremistik tashkilotlar faollashganini ta’kidlaydilar. Kiritilayotgan yangiliklar bu boradagi vaziyatni yaxshilashi va ekstremizm ko‘rinishlariga qarshi kurashishda qonunchilikni yanada samarali qo‘llash imkonini berishi kerak.