TOShKENT, 2 sen — Sputnik. Tatyana Karimova birinchi prezident Islom Karimovning xotirasini yod etdi. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida post qoldirdi.
“Olloh taolodan rahmatli Birinchi Prezidentimizning Vatan ozodligi, yurt tinchligi, milliy va diniy qadriyatlarimizni tiklash va el farovonligi yo‘lidagi solih amallarini qabul aylashini va oxiratlarini obod qilishini so‘raymiz. Joyingiz jannatda bo‘lsin. Qalbimizda abadiy yashaysiz...” - deb yozgan Karimova.
O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimov 2016-yilning 2-sentabr kuni og‘ir xastalik sabab 78 yoshida vafot etgan edi. O‘zbekistonda 2-sentabr Birinchi Prezidentning xotira kuni deb e’lon qilingan.