TOShKENT, 2 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev va yana bir qator rasmiy shaxslar Toshkent shahridagi Islom Karimov yodgorlik majmuasiga tashrif buyurishdi.
Birinchi prezidentning xotirasiga hurmat bajo keltirildi, Qur’on tilovat qilindi va Islom Karimovning xizmatlari yodga olindi.
Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Prezident administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Xotira tadbirlari Samarqand va Qarshi shaharlarida ham bo‘lib o‘tdi.
Shavkat Mirziyoyev vozlojil sveti k monumentu Karimova
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimov 2016-yilning 2-sentabr kuni og‘ir xastalik sabab 78 yoshida vafot etgan edi. O‘zbekistonda 2-sentabr birinchi prezidentning xotira kuni deb e’lon qilingan.