Putin Mo‘g‘ulistonga keldi

Rossiya prezidenti Xalxin-Goldagi g‘alabaning 85-yilligiga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etadi hamda Mo‘g‘uliston prezidenti bilan muzokaralar olib boradi.
Sputnik
TOShKENT, 2 sen – Sputnik. Vladimir Putin Mo‘g‘ulistonga rasmiy tashrif bilan keldi. Ulan-Bator aeroportida davlat rahbarini Mo‘g‘uliston rasmiylari kutib olishdi. Faxriy qorovul saf tortdi.

Rossiya prezidenti tashrif davomida SSSR va Mo‘g‘uliston qurolli kuchlarining Xalxin-Goldagi qo‘shma g‘alabasining 85-yilligiga bag‘ishlangan tantanalarda ishtirok etadi. Bundan tashqari, Mo‘g‘uliston rahbari bilan tor va keng doiradagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi.

Uchrashuvlar davomida Vladimir Putin va Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashadi, shuningdek, har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qiladilar. Kreml matbuot xizmati ta’kidlaganidek, muzokaralar yakunida ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
Putin 2023-yil oktabr oyida Xitoyda Xurelsux bilan uchrashuvda Mo‘g‘ulistonga tashrif buyurish taklifini olgan edi. Rossiya prezidentining ushbu mamlakatga avvalgi safari 2019-yilda bo‘lib o‘tgan.
Davlat rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskovning xabar berishicha, Putin Mo‘g‘ulistonga tashrifidan so‘ng 3-6 sentabr kunlari Vladivostokda bo‘lib o‘tadigan Sharqiy iqtisodiy forumga ham tashrif buyuradi va yalpi majlisda ishtirok etadi.