Putin maktab bolalariga "Muhim narsalar" haqida aytib berdi

Rossiya maktablarida har dushanba kuni "Muhim narsalar haqida suhbat" nomli dars o‘tkaziladi.
Sputnik
TOShKENT, 2 sen – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bugun Tuva o‘lkasining Qizil shahridagi 20-umumta’lim maktabida “Muhim narsalar haqida suhbat*” ochiq darsini o‘tkazdi va maktab o‘quvchilarining savollariga javob berdi.
Xususan, Rossiya prezidenti maxsus operatsiya hududida erishilayotgan muvaffaqiyatlar haqida aytib berdi.

“Oldin biz kuniga 200-300 metr oldinga siljiyotgan edik, lekin hozir kuniga kilometr kvadrat maydonlar haqida gap ketmoqda", - dedi Putin.

Shuningdek, prezident Ukrainada tinchlik o‘rnatish nima uchun muhim ekanini tushuntirib berdi.
Rossiya o‘z chegarasi yaqinida unga qarshi tajovuzkor rejalar tuzadigan va doimiy ravishda Rossiyani beqarorlashtirishga urinayotgan dushman tuzilmalarning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi, maxsus operatsiya nafaqat Donbass uchun, balkim butun Rossiya kelajagi uchun, dedi Putin.
Kursk mojarosining sababini tushuntirar ekan, nima sababdan Putin bugungi Ukraina rahbariyatiga tinchlik kerak emasligini aytib berdi.

“Agar janglar to‘xtasa, Ukraina “harbiy holatni”bekor qilishga majbur bo‘ladi, undan so‘ng esa darhol prezident saylovlari o‘tkazilishi kerak. Hozirgi hokimiyat bunga tayyor emas, ularning qayta saylanish imkoniyati kam va shuning uchun ular urushni tugatishdan manfaatdor emas, shuning uchun ular bu provokatsiyani Kursk viloyatida qilishgan va bundan oldin ham xuddi shunday provokatsiyani Belgorod viloyatida amalga oshirishga harakat qilishgan”, - deya tushuntirdi prezident.

Undan tashqari, Rossiya xalqlarini birlashtirishda rus tili roli haqida ham to‘xtalib o‘tdi.
"Bu Rossiyaning barcha xalqlarini yagona umumiy organizmga, umumiy birlashgan xalqqa birlashtiradi <...> Bu juda muhim, shuning uchun rus tilini bilish maktab o‘qituvchilari uchun eng muhim vazifalardan biridir. - dedi u.
*Rossiya maktablarida har dushanba kuni "Muhim narsalar haqida suhbat" nomli dars o‘tkaziladi. Unda vatanparvarlik, maxsus operatsiya va boshqa Rossiya uchun muhim mavzular muhokama qilinadi.