TOShKENT, 2 sen — Sputnik. O‘zbekiston Kinematografiya agentligi sentabr oyining boshida respublikaning bir necha kinoteatrlarida bepul filmlar namoyishi haqida e’lon qildi.
"O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33-yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Milliy kino san’at saroyida 3-sentabr kuni soat 18:00 da “Bahodir Yalangto‘sh” tarixiy-badiiy filmining bepul namoyishi bo‘lib o‘tadi.
Bundan tashqari, 29-avgustdan sentabr oyi boshiga qadar mamlakatimiz kinoteatrlarida 10 taga yaqin milliy filmlar mutloq bepul namoyish etiladi!", - deyiladi xabarda.
Namoyish etiladigan filmlar orasida quyidagilar bor: "Ofitser 55", “Abdulla Oripov: istiqlol kuychisi”, "Samuray", "Doktor Abdullayev", "Ishq va Anduh", "Osmondagi bolalar 3" va boshqalar.