Rossiyaning NATO davlatlariga hujum qilish rejasi yo‘q — Rossiya TIV

Tashqi ishlar vazirligi: Rossiya NATO hududiga hujum qilish niyatida emas.
Sputnik
TOShKENT, 1 sen — Sputnik. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Rossiya Federatsiyasining NATO hududiga hujum qilish rejasi yo‘qligini ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Avvalroq OAVda Litva 2027-yil oxirigacha bundesverning 4000 askari joylashtiriladigan harbiy baza qurilishini boshlagani haqida xabarlar tarqalgan edi.
"Germaniya o‘z qo‘shinlarini Litvada joylashtirishni "tarixiy qaror" deb baholaydi", deya Tashqi ishlar vazirligi "birinchi harbiy xizmatchilar joriy yilning aprel oyida kelganligini, 2025-yilda nemis brigadasining rasmiy "faollashuvi" haqida e’lon qilinishi rejalashtirilganligini" qo‘shimcha qildi.
"U, Rossiya qo‘shinlari Boltiqbo‘yi mamlakatiga hujum qilgan taqdirda, ularning "birinchi zarbasini" o‘z zimmasiga olishi kerak deyishadi. Germaniyaning yuqori martabali harbiy amaldorlari Rossiya yaqin 5-7 yil ichida NATO hududiga “hujum qilishi” mumkinligiga ishonmoqda”, — deyiladi TIV xabarida.
“O‘z navbatida, biz yana bir bor ta’kidlaymizki, mamlakatimizda bunday rejalar yo‘q”, — dedi Rossiya TIV.
AQShdagi saylovchilar NATOning Rossiyani mag‘lub etish rejasini qo‘llab-quvvatlamaydi — ekspert