TOShKENT, 1 sen — Sputnik. Yevroosiyo Ittifoqida texnik tartibga solish raqamli modernizatsiyadan o‘tmoqda. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining Texnik jihatdan tartibga solish va akkreditatsiya departamenti direktori o‘rinbosari Maksim Kim ma’lum qildi.
Shunday qilib, YeOII keng ko‘lamli raqamli kun tartibi loyihasini amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Buning natijasida:
barcha texnik reglamentlar raqamli ko‘rinishda ishlashi uchun mashinada o‘qiladigan formatga tarjima qilinadi;
yangi texnik reglamentlarni ishlab chiqish uchun qulay va sodda raqamli muhit yaratiladi;
ittifoqning barcha mamlakatlarida mahsulotga bo‘lgan barcha talablar uchun “yagona darcha” shakllantiriladi.
"Mamlakatlar o‘z vakolatlarining bir qismini milliy oliy darajaga o‘tkazdilar va kelishuv 4 ta erkinlikni belgilaydi va erkinliklardan biri tovarlarning erkin harakatlanishini ta’minlashdir", — deya ta’kidladi Maksim Kim.
Texnik jihatdan tartibga solish tovarlarning bunday erkinligini ta’minlashning ajralmas qismi hisoblanadi.