Parij-2024: para yengil atletikachilar oltin va bronza medallarini qo‘lga kiritdi

F37 klassida yadro uloqtirish dasturida delegatsiya hisobiga 2 ta medal yozildi.
Sputnik
TOShKENT, 31 avg — Sputnik. O‘zbekiston delegatsiyasi Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida yana ikkita medal qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Erkaklar o‘rtasidagi F37 klassida yadro uloqtirish dasturida delegatsiya hisobiga 2 ta medal yozildi.
Qudratullaxon Ma’rufxo‘jayev 16.37 metr natija bilan oltin medal qo‘lga kiritdi.
Tolibboy Yo‘ldoshev 15.24 metr natija qayd etib, bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlari 8-sentabrga qadar davom etadi. O‘zbekiston delegatsiyasi o‘z tarixida ilk bor 9 sport turida 65 nafar sportchi bilan 113 ta litsenziya qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan.
Asila Mirzayorova Paralimpiya rekordini o‘rnatdi va oltin medal sohibi bo‘ldi