O‘zbekiston va Ozarbayjon Rossiyaning juda muhim hamkorlari hisoblanadi. Bu fikrni P. Lumumba nomidagi Rossiya xalqlar do‘stligi universitetining Iqtisodiyot fakulteti o‘qituvchisi, RF prezidenti huzuridagi Rossiya Xalq xo‘jaligi va davlat boshqaruvi akademiyasining taklif etilgan o‘qituvchisi Farhod Ibragimov Ozarbayjon prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlari mavzusida Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazida bo‘lib o‘tgan Moskva-Toshkent-Boku videoko‘prigi chog‘ida bildirdi.
“Markaziy Osiyo Ozarbayjon uchun ustuvor ahamiyatga ega, O‘zbekiston bilan esa ko‘p rishtalar bog‘lab turadi. Bular tarixiy munosabatlar, madaniy-gumanitar aloqalar va albatta, oxirgi paytlarda biz Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasida o‘sib borayotgan siyosiy aloqalar va yangi dunyo tartibini shakllantirish bo‘yicha umumiy qarashlar kuzatilayotganini qayd etmoqdamiz”, — dedi ekspert.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki respublika o‘rtasidagi tovar ayirboshlash shiddat bilan kengaymoqda. O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasidagi yetakchi o‘yinchilardan biri bo‘lib, o‘zini juda kuchli, qudratli davlat sifatida ko‘rsatmoqda.
“Bu O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning keyingi bir necha yil ichida O‘zbekistonni tubdan yangi bosqichga olib chiqayotgan ulkan, sifatli islohotlarni amalga oshirgan xizmatlaridir”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Batafsil – Sputnik O‘zbekiston videosida.