O‘zbekiston va YeOII

YeOII davlatlari transport sohasida shartnoma imzolaydi

Hujjat joriy yilning 4-choragida imzolanishi kutilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 31 avg — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) davlatlari 2024-yil oxirida transport sohasida shartnoma imzolash niyatida. Hujjat Yevroosiyo transport koridori yo‘llari bo‘ylab harakatlanishi mumkin bo‘lgan transport parametrlarini belgilaydi. Bu haqda Qozog‘iston Savdo va integratsiya vazirligi xabar berdi.
Yagona standartlarga bo‘lgan ehtiyoj YeOII mamlakatlarida turli xil qoidalar qo‘llanilishi bilan bog‘liq, bu belgilangan parametrlardan oshib ketganlik uchun jarima solishga olib keladi, tashuvchilar uchun qiyinchiliklar tug‘diradi.
Yevroosiyo “beshligi” davlatlari hujjatni imzolash uchun zarur bo‘lgan ichki tartib-qoidalarni allaqachon bajarishgan. Hujjat joriy yilning 4-choragida imzolanishi kutilmoqda.
O‘zbekiston va YeOII
YeOIIda raqamlashtirish: Qozog‘iston bilan elektron pasportlar bo‘yicha shartnoma imzolandi