TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Bugun Ko‘ksaroyda O‘zbekiston mustaqilligining 33-yilligi munosabati bilan turli sohalar vakillariga faxriy unvonlar, orden va medallarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Prezident so‘z boshida yig‘ilganlarni Mustaqillik bayrami bilan tabriklab, ular bilan faxrlanishini bildirdi.
"Mehnatkash, fidoyi yurtdoshilarimizni men o‘zimning eng yaqin qadrdonlarim, sadoqatli safdoshlarim deb bilaman", – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shavkat Mirziyoyev davlat mukofotlarini topshirdi
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
"Yaxshi ishlagan odam qadr topadi. Bugun halol mehnat, fidoyilik va vatanparvarlik yana bir marta qadr topayotgan kun. Bugungi yuksak unvonlar, orden va medallar sizlarni yangi zafarlarga chorlasin. Yurtimizda bunday insonlar qancha ko‘p bo‘lsa, men ham mukofotlashdan charchamayman", – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mukofotlanganlar prezidentga yuksak e’tibor uchun minnatdorlik bildirib, O‘zbekiston xalqiga ezgu tilaklarini bildirishdi.
Shavkat Mirziyoyev davlat mukofotlarini topshirdi
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana