Respublika onkologiya markazi yangi majmuada ish boshlaydi

Davlat rahbari markazdagi qulaylik va imkoniyatlar bilan tanishdi.
Sputnik
TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-avgust kuni poytaxtdagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbari 2021-yilda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining eski binosini borib ko‘rgan, sohada sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha topshiriqlar bergan edi. Ko‘p o‘tmay, “Aholiga gematologiya va onkologiya xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” prezident qarori qabul qilindi.
Prezident qarorida Respublika onkologiya markazi uchun yangi majmua qurilishi ham belgilangan edi. Uning loyihasi Janubiy Koreyaning shu sohadagi klinikalari tajribasi asosida ishlab chiqildi. Uch yil davomida puxta ish olib borilib, Toshkent tibbiyot akademiyasi yonidagi 5 gektardan ziyod maydonda zamonaviy shifoxona barpo etildi.
Respublikanskiy onkologicheskiy sentr RUz nachnet rabotu v novom komplekse
Yangi majmua 9 ta inshootdan iborat bo‘lib, asosiy binolar 8 qavatli. Ularda shifokor va bemorlar uchun kerakli sharoitlar inobatga olingan. 1-qavatda poliklinika va tashxis uskunalari, 2-qavatda laboratoriya, statsionar, reanimatsiya va jarrohlik xonalari, yuqori qavatlarda palatalar joylashgan. Yerosti qismida radioterapiya, yadro tibbiyoti bo‘limi, xo‘jalik xonalari bor.
Avvalgi shifoxona 370 o‘rinli edi. Yangi markazda 650 ta statsionar va 80 ta kunduzgi o‘rinlar tashkil etildi. Shuningdek, bir kunda 500 nafar bemor ambulator sharoitda davolanishi mumkin.
Davlat rahbari markazdagi qulaylik va imkoniyatlar bilan tanishdi.
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s usloviyami, sozdannimi v novom komplekse Respublikanskogo sentra onkologii i radiologii.

“Biz ta’lim va tibbiyotga alohida e’tibor berayapmiz. Chunki odamlar bilimli bo‘lib, sog‘lom bo‘lsa, o‘z yo‘lini topadi. Bu markaz ham shunday ishlardan biri. Bu loyihaga 1,2 trillion so‘m ajratib, "noldan" qurdik. Barcha onkologiya shifoxonalarini jihozlashga 80 million dollar yo‘naltirildi. Endigi asosiy vazifa - xodimlarni o‘qitib olish, samarali boshqaruvni yo‘lga qo‘yish”, - dedi Mirziyoyev.

Prezident markazda ish jarayonini raqamlashtirish, bemorlarga qulayliklarni oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s usloviyami, sozdannimi v novom komplekse Respublikanskogo sentra onkologii i radiologii.
“Eng asosiy topshiriq - raqamlashtirish. Odamlar sarson bo‘lmasin, navbatda turib qiynalmasin. Bu markaz faqat Toshkent uchun emas, uni hududlardagi 15 ta shifoxona bilan shunday bog‘lash kerakki, bemorlar o‘zining kelish vaqtini, doktorini oldindan bilsin. Buning uchun sun’iy intellektni kengaytirib, inson omilini kamaytirish kerak”, - dedi davlat rahbari.
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s usloviyami, sozdannimi v novom komplekse Respublikanskogo sentra onkologii i radiologii.
Markaz o‘zining hududlardagi filiallari bilan yagona elektron platformaga ulanadi va respublikada “kanser-registr” tizimi ishga tushiriladi. Buning natijasida nazoratda turgan barcha onkologik bemorlar haqidagi ma’lumotlar yaxlit ko‘rinib turadi.
Yangi uskunalar va sharoitlar natijasida markazda o‘sma kasalliklarini erta aniqlash hamda davolash samaradorligi bir necha barobar oshadi. Bu o‘lim holatlarini kamaytirish, insonlarni sog‘aytirib, umrini uzaytirishga xizmat qiladi. Shuningdek, bu tibbiyot turizmiga ham manba bo‘ladi.