Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

“Bu yakun”. Putinning Ukraina bo‘yicha bayonotidan so‘ng AQShda xavotir bildirildi

Makgregorning fikricha, mojaroni hal qilishda AQSh manfaatlari hisobga olinmaydi.
Sputnik
TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Rossiya Ukraina Qurolli kuchlarining Kursk avanturasidan (tasodifiy muvaffaqiyatga erishish uchun tavakkaliga qilingan xatti-harakat) keyin AQSh va Ukraina bilan muzokaralar olib borishni istamaydi, dedi Pentagon rahbarining iste’fodagi maslahatchisi, polkovnik Duglas Makgregor YouTube'dagi “Deep Dive” kanalida.
“Vashingtonda tushunishni istashmaydigan asosiy yangilik shundaki, Rossiya endi biz bilan muzokaralar olib borishni istamaydi. Bu yakun, hammasi tugadi. Bu urush Moskvaga mos keladigan shartlar bilan tugaydi”, - deydi ekspert.
Makgregorning fikricha, mojaroni hal qilishda AQSh manfaatlari hisobga olinmaydi.
“Prezident Putin G‘arbda oqilona muzokaralar olib boradigan odamlar yo‘qligini tushundi”, - deya xulosa qildi ofitser.
Avvalroq Rossiya rahbari Kiyev bilan diplomatik aloqalar istiqbollari haqida gapirar ekan, tinch aholi va fuqarolik infratuzilmasiga hujum qilayotganlar bilan muzokara olib bo‘lmasligini aytgandi.
Ukraina bo‘linmalari 6-avgust kuni ertalab Kursk viloyatidagi hududlarni egallab olish maqsadida hujumga o‘tdi. Rossiya Bosh shtab boshlig‘i Valeriy Gerasimovga ko‘ra, ularning yurishi to‘xtatildi. Uning ta’kidlashicha, mintaqadagi operatsiya dushmanni mag‘lub etish va davlat chegarasiga yetib borish bilan yakunlanadi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Ukraina Qurolli kuchlari bilan frontning muhim chizig‘ida nima sodir bo‘lgani aytildi