O‘zbekiston va YeOII

YeOIIda raqamlashtirish: Qozog‘iston bilan elektron pasportlar bo‘yicha shartnoma imzolandi

Ta’kidlanishicha, hujjat Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida texnikalarning erkin aylanishini ta’minlash uchun katta ahamiyatga ega.
Sputnik
TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) shtab-kvartirasida avtotransport vositalari, o‘ziyurar transport vositalari va boshqa turdagi texnikalarning elektron pasport tizimlari ma’muri va Qozog‘istonning elektron pasport tizimlari milliy operatori o‘rtasida axborot sohasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma tuzildi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati xabar berdi.
“Bugun imzolangan shartnoma transport vositalari, o‘ziyurar transport vositalari va boshqa turdagi texnikalarga elektron pasportlar berishda ma’lumot almashish hamda elektron pasportlar haqida ma’lumot almashish uchun zarur. Vaqtinchalik xususiyatga ega bo‘lishiga qaramay, hujjat Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida texnikalarning erkin aylanishini ta’minlash uchun katta ahamiyatga ega”, — dedi YeIKning Texnik jihatdan tartibga solish va akkreditatsiya departamenti direktori Talgat Momishev.
Marosimda Talgat Momishev, Qozog‘iston Sanoat va qurilish vazirligi Integratsiya va xalqaro hamkorlik departamenti direktori Adilbek Bektibayev hamda Komissiya va “Milliy axborot texnologiyalari” AJ vakillari ishtirok etdi.
O‘zbekiston va YeOII
YeOII mamlakatlarida budjet ijrosi ko‘rsatkichlari qanday?