TOShKENT, 30 avg — Sputnik. O‘zbekistonlik yengil atletikachi Asila Mirzayorova Parijda bo‘lib o‘tayotgan Paralimpiya o‘yinlarida ayollar orasida uzoqlikka sakrash bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Asila Mirzayorova 5,22 metr natija qayd etib, musobaqaning ushbu turida 28-yil davomida saqlanib turgan Paralimpiya rekordini yangiladi. Navbatdagi urinishda o‘zbekistonlik sportchi o‘z rekordini yangiladi - 5,24 metr!
Oldingi rekord 5,07metr bo‘lib, u 1996-yilda Atlantada ispaniyalik Ortiz Ochitka tomonidan o‘rnatilgan edi.
Shu tariqa 25 yoshli Asila Mirzayorova 2024-yilgi Parij Paralimpiada o‘yinlarining oltin medali sohibiga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, Asila 2023-yilda jahon chempioni, Tokio Olimpiya o‘yinlarida esa kumush medalni qo‘lga kiritgan edi.
Ayni damda o‘zbekistonlik paralimpiyachilar medallari soni 3 taga yetdi: ushbu oltindan tashqari para suzish bo‘yicha bronza va para taekvondo bo‘yicha kumush medallar.