Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazida “O‘zbekistonlik Olimpiada qahramonlari qanday qilib mamlakat tarixida yangi sahifa ochishga muvaffaq bo‘ldi” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Anjumanga taekvondo bo‘yicha ikki karra Olimpiada chempioni Ulug‘bek Rashitov faxriy mehmon sifatida taklif etildi. Ulug‘bek Rashitov taekvondo bo‘yicha Olimpiada oltinini qo‘lga kiritgan yagona O‘zbekiston vakili hisoblanadi. Shuningdek, erkaklar o‘rtasida bir necha marta Olimpiya o‘yinlari chempioni bo‘lgan tarixdagi yagona taekvondochi.
O‘zbekistonlik Olimpiada qahramoni jurnalistlar savollariga atroflicha javob berdi.
Matbuot anjumani haqida batafsil — Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida olingan eksklyuziv videoda.