O‘zbekiston va YeOII

Eronning YeOIIga a’zo davlatlarga eksport hajmi 138 foizga oshdi

Eron Savdoni rivojlantirish tashkiloti rahbari mamlakatning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlarga noneft eksporti 138 foizga oshganini ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Eronning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) a’zo davlatlarga eksporti hajmi 138 foizga oshdi. Bu haqda Eron sanoat vaziri o‘rinbosari Mehdi Zeygami ma’lum qildi, deya xabar berdi Iran.ru Rossiya axborot agentligi.
Eron Savdoni rivojlantirish tashkiloti rahbari mamlakatning YeOIIga a’zo davlatlarga noneft eksporti 138 foizga oshganini ma’lum qildi.

“Eron sanoat vaziri o‘rinbosari Mahdi Zaygamiy Eron-YeOII biznes forumida 300 nafar Eron kompaniyasining ishtiroki haqida gapirar ekan, Eronning YeOIIga a’zo davlatlarga eksporti hajmi 138 foizga oshganini aytdi”, — deyiladi xabarda.

Biznes-forumni tashkil etishdan asosiy maqsad Eron bilan ittifoqqa a’zo davlatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash va yanada rivojlantirish, deb ta’kidladi Zeygami.
Sanoat vaziri o‘rinbosari o‘z nutqida 2019-yilda Eron va YeOII o‘rtasida erkin savdo bo‘yicha vaqtinchalik kelishuvning amalga oshirilishi o‘zaro savdo hajmini ikki baravar oshirgani, shu sababli Eronning a’zo davlatlarga eksporti 138 foizdan ortiq o‘sganini aytdi.
Ma’lumot uchun, 30-31 sentabr kunlari Armanistonda Eron-YeOII biznes forumi bo‘lib o‘tadi.
Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi savdo vaziri Andrey Slepnyov va Eronning Rossiyadagi elchisi Kazem Jaloliy o‘rtasida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Yevroosiyo iqtisodiy forumi doirasidagi tadbirlarga tayyorgarlik va savdo-iqtisodiy hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildi.
Uchrashuvda 1-oktabr kuni Yerevanda bo‘lib o‘tadigan Yevroosiyo iqtisodiy forumida o‘tkazilishi rejalashtirilgan YeOII-Eron biznes muloqotiga tayyorgarlik haqida so‘z bordi.
Tomonlar biznes-muloqot forumning asosiy tadbirlaridan biriga aylanishiga, YeOII va Eron o‘rtasidagi erkin savdo to‘g‘risidagi yangi kelishuv nuqtayi nazaridan Ittifoq mamlakatlari ishbilarmonlari va Eron kompaniyalari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtirish imkoniyatlarini ochib berishiga ishonch bildirishdi.

“Bizning biznes hamjamiyatimiz hamkorlar bilan logistika, infratuzilma, shuningdek, savdo operatsiyalarini soddalashtirish, jumladan, to‘lovlarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha hamkorlikka alohida qiziqish bildirmoqda”, — dedi Andrey Slepnyov.

Bundan tashqari, yig‘ilish ishtirokchilari erkin savdo to‘g‘risidagi to‘liq formatdagi kelishuvni ratifikatsiya qilish jarayoni hamda joriy va kelgusi yilda YeIK va Eron o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish rejalari haqida ma’lumot almashishdi.
O‘zbekiston va YeOII
Eron ham YeOIIda kuzatuvchi davlat maqomini olmoqchi