Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari ikki tomonlama aloqalar jadal rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etishdi.
Sputnik
TOShKENT, 28 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi, deb yozmoqda davlat rahbari matbuot xizmati.
Aytilishicha, muloqot davomida O‘zbekiston-Turkmaniston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Suhbat avvalida davlat rahbariga Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedovning salomi yetkazildi.
“O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari ikki tomonlama aloqalar jadal rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar. Faol siyosiy muloqot va almashinuvlar davom etmoqda, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi barqaror sur’atlar bilan o‘smoqda, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida yetakchi korxonalarning kooperatsiyasi kuchaymoqda”, — deyiladi xabarda.
Suhbat chog‘ida transport-kommunikatsiya va energetika sohalarida qo‘shma loyihalarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.
Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi — video