TOShKENT, 28 avg — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazida Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha Toshkent-Moskva-Boku videoko‘prigi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev 22-23 avgust kunlari davlat tashrifi bilan respublikada bo‘ldi. Davlatlararo oliy kengashning birinchi majlisi yakunida 10 tadan ortiq ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.
Videoko‘prik davomida davlat tashrifida erishilgan kelishuvlar, O‘zbekiston-Ozarbayjon munosabatlarini rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi.
Ishtirokchilar:
Toshkentdan: O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi boshqarmasi bosh mutaxassisi Temirbek Tanirbergenov.
Moskvadan: P.Lumumba nomidagi Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti iqtisodiyot fakulteti o‘qituvchisi, Rossiya prezidenti huzuridagi Rossiya xalq xo‘jaligi va davlat xizmati akademiyasining taklif qilingan o‘qituvchisi, siyosatshunos Farhod Elshanovich Ibragimov.
Bokudan: STEM tahliliy markazi rahbari Orxan Elchuyev.