Uzum sayli: qaysi viloyatlar festival g‘olibiga aylandi?

Uzum sayli xalqaro festivalining eng yaxshi ishtirokchilari taqdirlandi.
Sputnik
TOShKENT, 27 avg — Sputnik. “Uzum sayli” xalqaro festivalida Namangan viloyati birinchilikni qo‘lga kiritdi, deya xabar berdi Turizm qo‘mitasi.
Parkent tumanida o‘tkazilgan “Uzum sayli” xalqaro festivalida eng yaxshi ishtirokchilar bir qator nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi.
“Eng faol ishtiroki, stendlarining milliy ruhda bezatilishi, badiiy chiqishlari hamda uzum navlarining noan’anaviy namoyishi” nominatsiyasi uchun viloyatlar o‘rtasida Namangan viloyati birinchilikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, tuman va shaharlar o‘rtasida Oqqo‘rg‘on tumani birinchi bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.
Ikkinchi hamda uchinchi o‘rinni viloyatlar o‘rtasida Toshkent hamda Buxoro viloyatlari egalladi. Tuman va shaharlar orasidan Pskent hamda Bo‘stonliq tumanlariga nasib etdi.
V Parkentskom rayone Tashoblasti zavershilsya festival"Uzum sayli
Bundan tashqari, vinochilikdagi innovatsion yondoshuv uchun 10 ta nominatsiya bo‘yicha ham g‘oliblar nomi aniqlanib, mukofotlar topshirildi.

“Festivalda O‘zbekistonda uzumchilik va vino sanoatida faoliyat yuritayotgan soha vakillari, Italiya, Serbiya, Rossiya, Janubiy Koreya, Singapur, Belarus, Gruziya, Ozarbayjon kabi 30 tadan ortiq davlatdan olimlar, ekspertlar va sohaning yirik namoyondalari ishtirok etishdi”, — deya qayd etilgan xabarda.

Festival doirasida qishloq xo‘jaligi yarmarkalari, vino sanoatining xalqaro brend kompaniyalari ko‘rgazmalari, uzumchilik yo‘nalishidagi xalqaro konferensiya va anjumanlar tashkil etildi.
Toshkent viloyatida uzumchilik va vinochilik festivali bo‘lib o‘tmoqda — foto, video
"Uzum sayli"ning madaniy qismida quyidagi tadbirlar bo‘lib o‘tdi:
milliy folklor jamoalari, estrada san’atkorlari chiqishlari;
nominatsiyalar bo‘yicha respublika ko‘rik-tanlovlari;
hunarmandchilik mahsulotlari, milliy taomlar va liboslar hamda xalq urf-odatlari va an’analarini aks ettiruvchi ko‘rgazmalari.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili respublika bo‘yicha 182,1 ming gektar (107 ming hosilli) tokzorlar mavjud bo‘lgan. 2021-2023 yillarda 88,3 ming gektar, shundan 2023-yilda 14,4 ming gektar uzumzorlar barpo etildi.
Rossiyadan ham mijozlar keladigan O‘zbekistondagi eng mashhur uzumzorlar — video