Samarqandda OIIB Boshqaruvchilar kengashining yig‘ilishi o‘tkaziladi

Yig‘ilish 25-26 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Sputnik
TOShKENT, 27 avg — Sputnik. Samarqandda Osiyo infratuzilmaviy investitsiya banki (OIIB) Boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Toshkentda bo‘lib o‘tgan anjumanda ma’lum qilindi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Yig‘ilish 25-26 sentabr kunlari o‘tkaziladi. Mavzu: “Barcha uchun barqaror infratuzilmani yaratish”.
Samarqandda Osiyo infratuzilmaviy investitsiya banki (OIIB) Boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi
Bu haqda Toshkentda bo‘lib o‘tgan anjumanda O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Shohrux Gulamov va Osiyo infratuzilmaviy investitsiya banki menejeri Lyudger Shuknext ma’lum qildi.
Shohrux Gulamovning so‘zlariga ko‘ra, yig‘ilish Markaziy Osiyoda birinchi marta o‘tkazilmoqda.

"Bu, o‘z navbatida, O‘zbekistonning OIIB bilan aloqalarning mustahkamligi va bankning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infratuzilmaviy va transport loyihalarini amalga oshirish, “yashil energiya” obektlarini joriy qilish va boshqa sohalardagi roli muhim ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi", — deydi vazirlik matbuot xizmati.

Samarqandda Osiyo infratuzilmaviy investitsiya banki (OIIB) Boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi
Uchrashuv ishtirokchilari bankning Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekistondagi asosiy loyihalari (15 ta loyiha) bilan ham tanishishdi. Ular orasida Sirdaryodagi 1500 MVt quvvatga ega kombinat elektr stansiyasi (100 million dollar) va Buxoro-Miskin-Urganch-Xiva temir yo‘lini elektrlashtirish (108 million dollar) bor.
Bank o‘z faoliyatini 2016-yilda Pekinda boshlagan va bugungi kunda uning a’zolari 109 davlat, jumladan, Rossiya hisoblanadi. Bank kapitallashuvi 100 milliard dollarni tashkil etadi. Ushbu xalqaro moliya institutining vazifasi Osiyo va undan tashqarida infratuzilmani moliyalashtirishdan iborat.
Ma’ruzachilar 50 tadan ortiq panel munozaralari, davra suhbatlari, yirik loyihalar taqdimotlari, seminarlar va boshqa tadbirlarni o‘z ichiga olgan tadbir dasturiga batafsil to‘xtalib o‘tishdi. Qayd etilishicha, unda 100 nafardan ortiq ma’ruzachilar – 109 ta davlatdan xalqaro ekspertlar, yirik kompaniyalar, moliya institutlari rahbarlari, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda.