Matbuot markazi

Anons: Ozarbayjon prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlari muhokama etiladi

Toshkent-Moskva-Boku videoko‘prigida davlat tashrifida erishilgan kelishuvlar, O‘zbekiston-Ozarbayjon munosabatlarini rivojlantirish istiqbollari muhokama etiladi.
Sputnik
TOShKENT, 27 avg — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazida 28-avgust kuni soat 13:00 da (Toshkent vaqti bilan) Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha Toshkent-Moskva-Boku videoko‘prigi bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev 22-23 avgust kunlari davlat tashrifi bilan respublikada bo‘ldi. Davlatlararo oliy kengashning birinchi majlisi yakunida 10 tadan ortiq ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.
Videoko‘prikda davlat tashrifida erishilgan kelishuvlar, O‘zbekiston-Ozarbayjon munosabatlarini rivojlantirish istiqbollari muhokama etiladi.
Ishtirokchilar:
Toshkentdan: O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi boshqarmasi bosh mutaxassisi Temirbek Tanirbergenov.
Moskvadan: P.Lumumba nomidagi Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti iqtisodiyot fakulteti o‘qituvchisi, Rossiya prezidenti huzuridagi Rossiya xalq xo‘jaligi va davlat xizmati akademiyasining taklif qilingan o‘qituvchisi, siyosatshunos Farhod Elshanovich Ibragimov.
Bokudan: STEM tahliliy markazi rahbari Orxan Elchuyev.