TOShKENT, 26 avg — Sputnik. O‘zbekiston ko‘chalari 684,4 ming dona yoritish uskunasi yordamida yoritiladi, deya xabar berdi Statistika agentligi.
Shu yilning 1-yanvar holatiga respublikadagi ko‘chalar 684,4 ming dona yoritish uskunalari yordamida yoritilmoqda.
“Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,1 % ga yoki 66,0 mingtaga oshgan”, — deyiladi xabarda.
Ko‘chalari eng ko‘p yoritish uskunalari yordamida yoritiladigan hududlar:
Toshkent shahri – 147,3 ming dona;
Farg‘ona viloyati – 63,7 ming dona;
Namangan viloyati – 53,9 ming dona;
Andijon viloyati – 52,2 ming dona.