Mirziyoyev Qozog‘istonning davlat va jamoat arboblaridan bir guruhini mukofotladi

Qozog‘istonning 6 nafar davlat va jamoat arboblari "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlandi.
Sputnik
TOShKENT, 26 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoniga ko‘ra, Qozog‘istonning davlat va jamoat arboblaridan bir guruhi mukofotlandi.
Hujjatga ko‘ra, 6 nafar davlat va jamoat arboblari "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlandi.
Mazkur mukofot ularga O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va ishonch, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yangi bosqichga ko‘tarish, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni amaliy ma’no-mazmun hamda muhim tashabbuslar bilan boyitishga qo‘shgan hissalari uchun berildi.
Karin Yerlan Tinimbayuli - Qozog‘istondavlat maslahatchisi;
Jeldibay Ruslan Sultanuli - Qozog‘iston prezidentining ichki siyosat va kommunikatsiya masalalari bo‘yicha yordamchisi;
Jumangarin Serik Makashevich - Qozog‘iston bosh vazirining o‘rinbosari;
Balayeva Aida Galimovna - Qozog‘iston madaniyat va axborot vaziri;
Atamkulov Beybut Bakirovich - Qozog‘istonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi;
Xashimjanov Ikram Akramovich - Qozog‘iston O‘zbeklar etnomadaniy birlashmalari uyushmasi raisi.
Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining faxriy nishoni bilan taqdirlandi