TOShKENT, 25 avg — Sputnik.Kursk viloyatida Rossiya hududiga bostirib kirmoqchi bo‘lgan Ukraina qo‘shinlari bir kunda 300 dan ortiq askarini yo‘qotdi, deb xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligi.
“Kun davomida Ukraina Qurolli kuchlari 300 dan ortiq harbiy xizmatchi va 14 ta zirhli texnika, jumladan, tank, piyodalar jangovar mashinasi, zirhli transportor va 11 ta zirhli jangovar texnikani yo‘qotdi”, — deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, bu vaqt ichida Kiyev yettita avtomobil, bir artilleriya, bitta muhandislik uskunasi, ikkita elektron urush stansiyasi, shuningdek, ST-68 havo nishonini aniqlash radarini yo‘qotdi.