Matbuot markazi

“Sharq ertagi”: O‘zbekiston rossiyalik sayyohlar uchun nima taklif qila oladi?

Rossiya Federatsiyasi uchun O‘zbekiston, eng avvalo, umumiy tarix, til to‘siqlari va viza cheklovlarining yo‘qligi, umumiy mentalitetdir.
Sputnik
TOShKENT, 25 avg — Sputnik. O‘zbekiston rossiyalik sayyohlarga nafaqat madaniy meros obyektlariga tashrif buyurish, balki ko‘ngilochar, sohil, ekstremal turizm, ko‘plab pansionatlar va dam olish maskanlarini ham taklif qilishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi marketing tadqiqotlari va milliy turizm mahsulotlarini targ‘ib qilish bo‘limi boshlig‘i Aziz Mirjalilov Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazida aytib o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston Rossiya uchun, avvalo, umumiy tarix, o‘xshash mentalitet, til to‘siqlari va viza cheklovlarining yo‘qligi.
Mutaxassisning eslatishicha, palov O‘zbekistonning asosiy “fishka”laridan biri bo‘lishiga qaramay, milliy oshxonaning boshqa taomlari ham mashhur.
“Dam olish kunlari gastronomik marshrutlar bor, rossiyalik va boshqa xorijlik sayyohlar nafaqat bizning taomlarimizni tatib ko‘rish, balki mahorat darslarida qatnashish va bu taomlarning qanday tayyorlanishini tomosha qilish uchun maxsus uchib kelishadi”, — deya qo‘shimcha qildi turizm qo‘mitavakili.
Rossiyalik sayyohlar nazarida respublikaning jozibadorligini yanada oshirish uchun nimalar qilinayotgani haqida batafsil — Sputnik O‘zbekiston videosida.