Erkin kurash: Ulug‘bek Rashidov jahon chempionatida oltin medalga ega chiqdi

Sportchi Iordaniyada o‘tayotgan U17 yosh toifasidagi jahon chempionati sovrindoriga aylandi.
Sputnik
TOShKENT, 25 avg — Sputnik. O‘zbekistonlik erkin kurashchi Ulug‘bek Rashidov (-48 kg) Amman shahrida o‘tayotgan U17 yosh toifasidagi jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi, deya xabar berdi Milliy olipmiya qo‘mitasi.
Ulug‘bek Rashidov barcha bellashuvlarda yaqqol ustunlik bilan raqiblarini mag‘lub etib, finalda eronlik Amirabbos Alizodani muddatidan avval taslim qildi.
Shuningdek, yana ikki nafar o‘zbekistonlik kurashchi ertaga bronza medali uchun kuch sinashadi.
O‘tish bosqichi:
-51 kg: Ozodbek Alijonov - Ashot Gulnazaran (Armaniston);
-92 kg: Asadbek Erkinjonov - Maykljit Singh (Kanada).
Eslatib o‘tamiz, sport kurashlari bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Iordaniya mezbonlik qilayotgan U17 yosh toifasidagi jahon chempionatida yunon-rum kurashchilar Husniddin Abdukarimov kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Sardor Xolmurzayev, Umidjon Karomov, Farruh Yo‘ldoshev, Behruzbek Valiyev, Faxrikamol Komiljonov bronza medali bilan taqdirlandi.