Toshkent metrosida 1 kunda o‘rtacha nechta yo‘lovchi tashilmoqda?

Yanvar-iyun oylarida Toshkent metropolitenida bir kunda o‘rtacha 724,5 ming nafar yo‘lovchilar tashilgan.
Sputnik
TOShKENT, 24 avg — Sputnik. 2024-yilning yanvar-iyun oylarida Toshkent metropolitenida 131,9 mln yo‘lovchi tashilgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lumotlari darak bermoqda.
Bu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan 50,9 mln nafarga ko‘p.
2024 yilning yanvar-iyun oylarida Toshkent metropolitenida bir kunda o‘rtacha 724,5 ming nafar yo‘lovchilar tashilgan. 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda ushbu ko‘rsatkich 277,1 ming yo‘lovchiga oshgan.
Toshkentga yangi metro poyezdlari olib kelindi