TOShKENT, 24 avg — Sputnik. Samarqandda start olgan baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha dunyo birinchiligining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Unda O‘zbekiston Sport vaziri Adham Ikramov, Samarqand viloyati hokimi Erkin Turdimov va Xalqaro kanoe federatsiyasi prezidenti Tomas Koniyesko ishtirok etishdi.
Vpervie organizovanniy v nashey strane ChM po greble na baydarkax i kanoe otkrit ofitsialno
© NOK
Vpervie organizovanniy v nashey strane ChM po greble na baydarkax i kanoe otkrit ofitsialno
© NOK
Rasmiylar O‘zbekiston bunday nufuzdagi musobaqani birinchi marotaba qabul qilayotgan bo‘lsa ham, unga yuqori saviyada tayyorgarlik ko‘rganiga urg‘u berishdi. Shuningdek, ushbu majmua Toshkent-2025 yoshlar Osiyo o‘yinlari doirasidagi eshkak eshish bahslarini yuqori darajada o‘tkaza olishi alohida ta’kidlandi.
Vpervie organizovanniy v nashey strane ChM po greble na baydarkax i kanoe otkrit ofitsialno
© NOK
Musobaqa startidan avval ishtirokchi davlatlar va atletlar sonida o‘zgarish bo‘lib, unda 52 davlatdan 284 sportchi sovrinli o‘rinlar uchun startga chiqishi belgilandi. Kecha bir qator dasturlarda saralash bahslari o‘tkazildi. Bugun tushdan so‘ng dastlabki medallar jamlanmasi o‘z egalariga topshiriladi.