Ozarbayjon prezidenti tantanali kutib olindi — foto

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy kutib oldi.
Sputnik
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Ko‘ksaroy qarorgohida Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevni tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Ikki davlat bayroqlari bilan bezatilgan maydonda Ozarbayjon prezidenti sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.
1 / 9
2 / 9
3 / 9
4 / 9
5 / 9
6 / 9
7 / 9
8 / 9
9 / 9
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy kutib oldi va shohsupaga taklif qildi. O‘zbekiston va Ozarbayjon davlat madhiyalari yangradi.
Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar. Birgalikda suratga tushilgandan so‘ng, davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari boshlandi.
Ilhom Aliyev rafiqasi hamrohligida O‘zbekistonga keldi