TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Diyora Keldiyorova Ijtimoiy himoya milliy agentligining mas’uliyatli lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Dzudo bo‘yicha Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari chempioni Diyora Keldiyorova prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Gender tengsizligi va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish bo‘yicha maxsus vakili etib tayinlandi.
Diyora Keldiyorova naznachena na otvetstvennuyu doljnost Natsionalnogo agentstva sotsialnoy zashiti
© NOK
Sportchi bilan uchrashuvda Agentlik rahbari Mansurbek Olloyorov hamda uning birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva Diyora Keldiyorovani qutlab, xizmat guvohnomasini tantanali ravishda topshirishdi.
Mirziyoyeva Diyora Keldiyorovaning Olimpiadadagi g‘alabasi ilg‘or o‘zgarishlar uchun katalizator bo‘lib, butun dunyoga O‘zbekistonning teng imkoniyatlar va hadsiz salohiyatlar mamlakati ekanligini ko‘rsatib berganini ta’kidladi. Sportchi o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlash uchun astoydil harakat qilishini qo‘shimcha qildi.