O‘zbekiston va Belarus hamkorligida Toshkentda regenerativ tibbiyot markazi ochiladi

Shu yili Toshkentda belaruslik mutaxassislar ishtirokida regenerativ tibbiyot markazini ochish rejalashtirilgan.
Sputnik
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. Toshkentda belaruslik mutaxassislar ishtirokida regenerativ tibbiyot markazi ochiladi, deb yozadi Belarusning tvr.by nashri.
Qayd etilishicha, Belarus va O‘zbekiston farmatsevtika sohasida hamkorlikni kengaytirishda davom etmoqda. Bugungi kunda ikki davlat dori vositalarini ro‘yxatga olishni o‘zaro soddalashtirish, qo‘shma ishlab chiqarishni tashkil etish ikki davlatning diqqat markazida.
“2024 yilda Toshkentda belaruslik mutaxassislar ishtirokida regenerativ tibbiyot markazini ochish rejalashtirilgan”, — deyiladi xabarda.
Mutaxassislarning fikricha, O‘zbekiston uchun bu bemorlarni davolashda mutlaqo yangi yo‘nalish. Belarusda bu texnologiyalar besh yildan ortiq vaqtdan beri faol qo‘llanilmoqda va mataxassislar o‘zbekistonlik hamkasblari bilan tajriba almashishga tayyor.
“Bir nechta markazlar o‘rtasida o‘zaro aloqa mavjud. Bu, birinchi navbatda, Belarus va O‘zbekistondagi Respublika Transfuziologiya ilmiy-amaliy markazi. Toshkentda regenerativ tibbiyot markazi tashkil etiladi. Bu masalalar allaqachon mamlakatlarimiz vazirlari tomonidan muhokama qilingan. Markaz, umid qilamanki, joriy yilda ishga tushadi”, — dedi Sog‘liqni saqlash sohasidagi ekspertiza va test markazi direktori Dmitriy Grinko.
Belarus Sog‘liqni saqlash ekspertiza va sinov markazi direktori o‘rinbosari Olga Juravlevaning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston o‘sib borayotgan yirik bozor.

“Albatta, bu bizning farmatsevtika sanoatimiz uchun jozibador. Belarus tomoni u yerga dori vositalarini eksport qilishdan manfaatdor. O‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchi boshqa bozorlarga, jumladan, Belarusga ham chiqishni istaydi. Buni amalga oshirish uchun biz uchun shunga o‘xshash tartibga solish yondashuvlarini shakllantirish muhimdir”, — dedi Olga Juravlova.

Ma’lum qilinishicha, Belarus va O‘zbekiston kardiologiya, onkologiya, bolalar xirurgiyasi, travmatologiya, transplantologiya sohalarida ham hamkorlik qiladi. Belaruslik mutaxassislarga yuqori malakali tibbiy yordam ko‘rsatish, jumladan, mahorat darslarini o‘tkazish uchun tashrif buyurish amaliyoti ham ijobiy natija berdi. Ikki davlat o‘rtasida tibbiyot sohasida faol hamkorlik, jumladan, 2024-yil fevral oyida Belarus prezidentining Toshkentga tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlar tufayli davom etmoqda.
Regenerativ tibbiyot — juda ko‘p turli xil innovatsion davolash usullarini o‘z ichiga oladi, ularning maqsadi autologik to‘qimalarni qayta tiklashdir. Ular an’anaviy rekonstruktiv jarrohlikdan farq qiladi, bunda to‘qimalar nuqsonlari jarrohlik yo‘li bilan tuzatiladi. Regenerativ tibbiyot nafaqat hujayra va gen terapiyasini, balki innovatsion biomateriallarni va ayrim omillarni (masalan, o‘sish omillari) qo‘llashni ham o‘z ichiga oladi. Ko‘pincha regenerativ tibbiyot rekonstruktiv jarrohlik bilan birgalikda qo‘llaniladi.
Toshkentda Rossiyaning tibbiy-genetik ilmiy markazi filiali ochiladi