Qoraqalpoq o‘tovi Ginness rekordlar kitobiga kiritildi

Nukusdagi “Oqqush” majmuasida Ginness rekordlar kitobi sertifikati topshirildi.
Sputnik
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. Qoraqalpoq o‘tovi Ginness rekordlar kitobiga kiritildi, deya xabar berdi Turizm qo‘mitasi.
Nukus hududidagi “Oqqush” majmuasida barpo etilgan dunyodagi eng katta diametrli qoraqalpoq xalqining milliy qora uyi (o‘tov) Ginnessning rekordlar kitobiga kiritildi.
“Mazkur o‘tovning diametri 40,5 metrdan iborat”, — deyiladi xabarda.
Qoraqalpoq o‘tovi Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi
Aytilishicha, Ginness rekordlar kitobi sertifikati tantanali topshirildi.
Tadbirda O‘zbekiston prezidenti maslahatchisi Tursinxan Xudaybergenov, Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev, davlat idoralari rahbarlari ishtirok etishdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev Nukus shahridagi “Oqqush” majmuasida tashkil etilgan o‘tovlar ko‘rgazmasini ko‘zdan kechirdi. Eng katta o‘tovning diametri 42, balandligi 22 metr.
Unda ma’muriyat, oshxona va boshqa xonalar mavjud. Bu yerda turli madaniy tadbirlar, forumlar o‘tkazish mumkin. Majmuada qoraqalpoq, qozoq, turkman, qirg‘iz, boshqird kabi turkiy xalqlarning hamda Qoraqalpog‘iston tumanlarining o‘tovlari tashkil etilgan.