TOShKENT, 22 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev rafiqasi hamrohligida davlat tashrifi bilan mamlakatga keldi, deya xabar berdi bosh vazir matbuot kotibi.
Ilxam Aliyev s suprugoy pribili v Uzbekistan s gosudarstvennim vizitom
© Press-slujba Pravitelstva
Oliy martabali mehmonni Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Qisqa suhbatdan so‘ng Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev tashrif dasturiga muvofiq navbatdagi manzilga jo‘nab ketdi.
Eslatib o‘tamiz, Ilhom Aliyev 22-23 avgust kunlari davlat tashrifi bilan respublikada bo‘ladi. Tashrif dasturiga muvofiq, Toshkent shahrida O‘zbekiston va Ozarbayjon yetakchilari raisligida oliy darajadagi muzokaralar va Davlatlararo oliy kengashning birinchi majlisi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Sammit kun tartibidan O‘zbekiston-Ozarbayjon strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish masalalari o‘rin olgan.