TOShKENT, 21 avg — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlarining Kursk viloyatiga uyushtirgan hujumi Ukraina bilan tinchlik muzokaralarining har qanday imkoniyatini bekor qiladi, dedi Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova brifingda.
"Ukraina Qurolli kuchlarining bizning hududimizga apriori bostirib kirishga urinishi - men yana bir bor Rossiya rahbariyatining aytganlarini ta’kidlayman - apriori bandit xuntasi bilan har qanday muzokaralar o‘tkazish imkoniyatini bekor qiladi", — dedi u.
Zaxarovaning qo‘shimcha qilishicha, Kiyev rejimi o‘zining terrorchilik harakati uchun asos qidirmoqda, ularga shubhali dalillar bilan hamroh bo‘lmoqda.
Muzokaralar pozitsiyasini mustahkamlash bo‘yicha ma’lum vazifa haqidagi har qanday tezislar shubhali, chunki sodir etilgan vahshiylikdan keyin hech kim Kiyev bilan muzokara olib bormaydi, deya ishontirdi u.
Zaxarovaning xulosasiga ko‘ra, yuqoridagilarning barchasiga qaramay, Ukraina hamon o‘z mafkurasini tatbiq etishga urinmoqda.