Matbuot markazi

O‘zbekiston va Rossiyaning turizm sohasidagi hamkorligi — video

Turizm qo‘mitasi vakili Aziz Mirjalilov jurnalistlarning savoliga javob berdi.
Sputnik
TOShKENT, 21 avg — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazida Turizm qo‘mitasining marketing tadqiqotlari, milliy turizm mahsulotlarini targ‘ib qilish bo‘limi boshlig‘i Aziz Mirjalilov ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Matbuot anjumani mavzusi: “O‘zbekiston va Rossiya: turizm sohasidagi hamkorlik”.
Rossiya rahbari O‘zbekiston rahbarining taklifiga binoan may oyida respublikaga davlat tashrifi bilan kelgan edi. Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralar natijasida qator hujjatlar, xususan O‘zbekistonda 2025–2026 yillarga mo‘ljallangan turistlar oqimini ko‘paytirish bo‘yicha hamkorlik dasturi imzolandi.
Anjumanda bu yo‘nalishda nimalar amalga oshirilgani, rejalar, yaqin kelajakdagi yangi dasturlar va YeOII mamlakatlarida sayyohlik oqimi o‘zgarishi kabi masalalar muhokama etildi.