TOShKENT, 21 avg — Sputnik. Toshkentda Rossiya tibbiy-genetik ilmiy markazining filiali tashkil etiladi. Bu haqda hukumatning tegishli qarori qabul qilindi.
Fanlar akademiyasining Immunologiya va inson genomikasi instituti hamda Rossiyaning “Akademik N.P. Bochkov nomidagi tibbiy-genetik ilmiy markazi” Federal davlat budjeti ilmiy muassasasi o‘rtasida bitim imzolandi.
Hujjat O‘zbekistonda Toshkent tibbiy-genetik ilmiy markazi - "Akademik N.P. Bochkov nomidagi tibbiy-genetik ilmiy markazi” Federal davlat budjeti ilmiy muassasasining bo‘linmasini tashkil etishni nazarda tutadi.
Bo‘linmaning asosiy vazifalari:
Tibbiy genetika sohasida yangi bilimlarni o‘zlashtirishga qaratilgan fundamental, qidiruv va amaliy ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish;
Xalqaro talab va standartlarga muvofiq yuqori malakali ilmiy va tibbiy kadrlar tayyorlash tizimida ishtirok etish;
Fan va ta’limning xalqaro ilmiy-tadqiqot va ta’lim yo‘nalishiga intergatsiyalashuvga ko‘maklashish.