Shimoliy qutbdagi ekspeditsiya: O‘zbekiston bayrog‘i sayyora cho‘qqisiga o‘rnatildi

Toshkentlik talaba Shimoliy qutbdagi ekspeditsiyada ishtirok edi.
Sputnik
TOShKENT, 19 avg — Sputnik. "Rosatom”ning “Bilim kemasi” beshinchi ilmiy-ma’rifiy ekspeditsiyasi 17-avgust kuni “G‘alabaning 50-yilligi” yadroviy muzorar kemasida Shimoliy qutbga yetib bordi.
“Rosatom”ning bu yilgi beshinchi ilmiy-ma’rifiy ekspeditsiyasi birinchi marta xalqaro formatda bo‘lib o‘tmoqda. Qayd etilishicha, ishtirokchilar o‘z mamlakatlari bayroqlarini sayyora cho‘qqisiga olib chiqishdi.
Atomniy ledokol "50 let Pobedi" dostavil uchastnikov ekspeditsii Rosatoma "Ledokol znaniy" na Severniy polyus
“Bilim kemasi” (muzorar kema) Arktika ekspeditsiyasining asosiy tarkibi 63 nafar iqtidorli maktab o‘quvchilari, shu jumladan, 10 nafar ishtirokchi xorij – Rosatom yadro texnologiyalari rivojlanayotgan (Armaniston, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Belarus, Mo‘g‘uliston, Vengriya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika) mamlakatlardan.
Ular bilan birgalikda 2024-yilda “Sirius” federal hududida bo‘lib o‘tgan Butunjahon yoshlar festivali doirasida tanlangan 15 nafar ekspert – delegatlar Shimoliy qutbga yo‘l olishdi. Ular orasida Kamerun, Iroq, Bangladesh, Tunis, Belarus, O‘zbekiston kabi davlatlardan vakillar bor.
O‘zbekistondan "MMFI" milliy tadqiqot yadro universiteti" Toshkent filiali 4-bosqich talabasi Shahzoda Yoqubova ishtirok etdi.
Atomniy ledokol "50 let Pobedi" dostavil uchastnikov ekspeditsii Rosatoma "Ledokol znaniy" na Severniy polyus
“Rosatomning “Bilim kemasi” ekspeditsiyasi reja bo‘yicha ketmoqda. Ishtirokchilar 17-avgust kuni Shimoliy qutbning geografik nuqtasiga yetib borganlari ramziy ma’noga ega. Bundan roppa-rosa 47-yil muqaddam xuddi shu kuni afsonaviy “Arktika” muzorar kemasi yer usti navigatsiyasi orqali sayyora cho‘qqisiga chiqqan dunyodagi birinchi kemaga aylandi. Bugun 15 mamlakat vakillari qutbga dunyo bo‘ylab eng qisqa sayohatni amalga oshirdi. Endi esa xalqaro Arktika ekspeditsiyasi Frans-Iosif yer arxipelagiga yo‘l oladi”, — dedi “G‘alabaning 50-yilligi” yadroviy Ledokol kemasi kapitani Ruslan Sasov.
“Biz bu yerda, okeanda, muz bilan o‘ralgan holda, sayohatga chiqish baxtiga muyassar bo‘lgan maktab o‘quvchilari hayoti haqida hujjatli serial suratga olmoqdamiz. Bu o‘ziga xos loyiha bo‘lib, uning barcha ishtirokchilarini yangi yutuqlar sari ilhomlantirishiga ishonaman”, — dedi Rossiyaning "Znanie" jamiyati bosh direktori Maksim Dreval.
Ma’lumot uchun, mazkur loyiha atom sanoatida tabiiy fanlar va texnologiyalarni ommalashtirish, iqtidorli bolalarni izlash va qo‘llab-quvvatlash, ularning qobiliyatlarini rivojlantirish va kasbga yo‘naltirishga qaratilgan.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning mart oyida “Rosatom” davlat korporatsiyasi Butunjahon yoshlar festivali dasturi doirasida Shimoliy qutbdagi ilmiy-ma’rifiy ekspeditsiyaga qo‘shiladigan 15 nafar ishtirokchini tanlab oldi. Tanlov 28-fevral, Arktika kunida boshlandi va bir necha bosqichda o‘tkazildi. Dunyoning turli burchaklaridan yoshlardan jami ikki mingdan ortiq ariza kelib tushdi.