Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya dengiz piyodalari Kursk yaqinida Ukraina diversantlarining katta guruhini qo‘lga oldi

Olgovka hududida qo‘lga olingan 19 asirning barchasi Ukraina Qurolli kuchlarining 22-alohida mexanizatsiyalashgan brigadasiga tegishli.
Sputnik
TOShKENT, 19 avg — Sputnik. Kursk viloyatida dengiz piyodalari ukrainalik diversantlarning katta guruhini qo‘lga oldi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya huquq-tartibot idorasi vakiliga tayanib xabar berdi.
“Qora dengiz flotining 810-brigadasi dengiz piyodalari Olgovka yaqinida 19 nafar ukrainalik harbiy xizmatchidan iborat diversant va razvedka guruhini qo‘lga oldi”, — deyiladi xabarda.
Ular Ukraina Qurolli kuchlarining 22-alohida mexanizatsiyalashgan brigadasiga tegishli.
18 avgust holatiga ko‘ra, Kursk yo‘nalishidagi janglarda Ukraina Qurolli kuchlari 3460 dan ortiq harbiy xizmatchi va 50 tankni yo‘qotgan.