O‘zbekistonda aqlli mini-texnikalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi — tafsilotlar

O‘zbekiston Malayziya bilan bog‘larga ishlov beruvchi va dalalarga o‘g‘it sepuvchi aqlli mini-texnikalar ishlab chiqarishda hamkorlik qiladi.
Sputnik
TOShKENT, 18 avg — Sputnik. O‘zbekistonda Malayziya kompaniyasi bilan hamkorlikda aqlli mini-texnikalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi mas’ullari Malayziyaning “Meraque Group Snd Bhd” kompaniyasi direktori bilan uchrashdi.
“Uchrashuvda tomonlar o‘rtasida Malayziya kompaniyasining bog‘larga ishlov beruvchi, dalalarga o‘g‘it sepuvchi aqlli mini-texnikalari hamda aynan qishloq xo‘jaligida ishlatish uchun mo‘ljallangan maxsus dronlarini O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga joriy etish masalalari ham muhokama etildi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, kichik hajmdagi aqlli qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarish tizimi Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish ilmiy-tadqiqot instituti hududida yo‘lga qo‘yiladi.