Saidov Lavrov bilan telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida turli darajada bo‘lajak tadbirlar jadvali ancha keng, deb yozadi Saidov.
Sputnik
TOShKENT, 17 avg — Sputnik. Kecha, 16-avgust kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Saidov Telegram kanalida xabar berdi.
“O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida turli darajada bo‘lajak tadbirlar jadvali ancha keng. Davlat rahbarlari o‘rtasida erishilgan barcha kelishuvlarni to‘liq amalga oshirishda har ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari barcha imkoniyatlarini ishga solishadi”, - deb yozadi Saidov.
Ta’kidlanishicha, muloqotda keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini, ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shakllardagi hamkorlikni boyitish masalalari ham muhokama qilindi.
Saidov va Lavrov Turkiyada uchrashuv o‘tkazdi