Hududlarda sanoat salohiyati yanada oshiriladi — prezident qarori

“Respublika – viloyat – tuman” tamoyili asosida vertikal tizim yo‘lga qo‘yiladi.
Sputnik
TOShKENT, 17 avg — Sputnik. O‘zbekiston bo‘ylab hududlarda sanoat salohiyati yanada oshiriladi. “Hududlarda sanoat salohiyatini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, tuman va shaharlarda sanoat korxonalari bilan ishlash bo‘yicha “respublika – viloyat – tuman” tamoyili asosida vertikal tizim yo‘lga qo‘yiladi.
Hududlarda sanoat korxonalari bilan manzilli ishlash maqsadida quyidagilar tashkil etiladi:
tuman va shaharlarda hokimning birinchi o‘rinbosari boshchiligida soliq va statistika organlari, banklar va iqtisodiy infratuzilma korxonalarining rahbarlarini o‘z ichiga oluvchi hududiy shtablar;
iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari rahbarligida hududiy shtablar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika shtabi.
2024 yil 1-sentabrdan:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari tarkibida 5 ta shtat birligidan iborat Sanoatni rivojlantirish yig‘ma bo‘limlari tashkil etiladi;
tumanlar (shaharlar) iqtisodiyot va moliya bo‘limlarida sanoatni rivojlantirish bo‘yicha bosh mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
O‘zbekistonning qaysi hududi sanoat korxonalari soni bo‘yicha yetakchi – infografika