TOShKENT, 16 avg — Sputnik. Moldovaning amaldagi prezidenti Mayya Sandu hokimiyat tepasida qolsa, mamlakat Rossiya va NATO o‘rtasidagi urushga tortilishi mumkin, dedi muxolifat kuchlaridan prezidentlikka nomzod Vasiliy Bolya.
“Agar Mayya Sandu hokimiyatda qolsa, urush bo‘lishi mumkin, deb qo‘rqaman, lekin bu endi Moldovaning Rossiyaga qarshi urushi emas, balki NATOning Rossiyaga qarshi urushi bo‘ladi”, dedi Bolya jurnalistlar bilan suhbatda
Uning ta’kidlashicha, Moldova va uning fuqarolari bunga mutlaqo muhtoj emas, lekin NATO qo‘shinlarining Ruminiyaga o‘tkazilishi shunchaki sodir bo‘lmaydi.
Oldingi chiqishlarida Bolya bugungi beqarorlik sharoitida Rossiya Moldova uchun xavfsizlik kafolati degan edi. Uning ta’kidlashicha, so‘nggi so‘rovlarga ko‘ra, Moldova fuqarolarining 70 foizga yaqini Kishinyov Moskva bilan munosabatlarni tiklashi kerak, deb hisoblaydi.
Ikki kun oldin NATO davlatlari tomonidan Ukrainaga topshirilishi rejalashtirilayotgan F-16 samolyotlari Moldova harbiy aerodromlarida joylashtirilishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Ushbu munosabat bilan
Moldovaning Rossiya Federatsiyasidagi muvaqqat ishlar vakili Aleksandr Chetraru Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilib unga Rossiya pozitsiyasi tushuntirilgan edi.
Moldovaning Rossiya Federatsiyasidagi muvaqqat ishlar vakili Aleksandr Chetraru Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilib unga Rossiya pozitsiyasi tushuntirilgan edi.