O‘zbekiston va YeOII

Yerevanda Yevroosiyo iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tadi — unda nimalar muhokama qilinadi?

Muhokamalar davomida a’zo davlatlar va uchinchi davlatlar ekspertlari Ittifoqni strategik rivojlantirishning yangi yo‘nalishlarini muhokama qiladi.
Sputnik
TOShKENT, 16 avg — Sputnik. Joriy yilning 30-sentabr-1 oktabr kunlari Yerevanda Yevroosiyo iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tadi, deb xabar berdi Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) matbuot xizmati.
U Yevroosiyo hukumatlararo kengashi yig‘ilishiga to‘g‘ri keladi va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining o‘n yillik faoliyati yakunlari, uni rivojlantirish istiqbollari va ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlanadi.
“Forumning maqsadi Yevroosiyo makonida hamkorlik aloqalarini yaxshilashdan iborat. Unda yirik, o‘rta va kichik biznes subyektlari, Ittifoq mamlakatlari, shuningdek, uchinchi davlatlar davlat organlari rahbarlari, YeOII bilan o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etishi rejalashtirilgan”, - deyiladi xabarda.
Dastur 30 dan ortiq tadbirlarni, jumladan, YeOII hukumat rahbarlari ishtirokidagi “Zamonaviy voqelikda raqamlashtirish – to‘rt erkinlikni ta’minlashning imperativi” mavzusidagi yalpi majlisni o‘z ichiga oladi. Muhokamalar davomida a’zo davlatlar va uchinchi davlatlar ekspertlari Ittifoqni strategik rivojlantirishning yangi yo‘nalishlarini muhokama qiladi.
Tashkiliy qo‘mita yig‘ilishida forumni tashkil etishning turli jihatlari muhokama qilindi.
Ma’lumot uchun, Yevroosiyo iqtisodiy forumi Ittifoqning iqtisodiy sohadagi yillik biznes tadbiridir. U navbat bilan Ittifoq organlariga raislik qiluvchi YeOII davlatlaridan birida o‘tkaziladi. 2024-yilda Armaniston YeOII organlariga raislik qilmoqda.
O‘zbekiston va YeOII
YeOII mamlakatlarida tashqi savdo hajmi oshdi