Baxtiyor Saidov BMTTDning O‘zbekistondagi yangi doimiy vakili bilan uchrashdi

O‘zbekistonda barqaror rivojlanish uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish maqsadida yaqindan hamkorlik qilishga kelishib olindi.
Sputnik
TOShKENT, 16 avg — Sputnik. Kecha, 15-avgust kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi yangi doimiy vakili Akiko Fujiini qabul qildi. Bu haqda Saidov Telegram kanalida xabar berdi.
“Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi yangi doimiy vakili Akiko Fujii xonimni Tashqi ishlar vazirligida qutlashdan mamnunmiz. BMTTDning O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar dasturini doimiy qo‘llab-quvvatlashini yuksak qadrlaymiz”, - deb yozadi Saidov.
Baxtiyor Saidov BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi yangi doimiy vakili Akiko Fujiini qabul qildi
Ta’kidlanishicha, uchrashuvda O‘zbekistonda barqaror rivojlanish uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish maqsadida yaqindan hamkorlik qilishga kelishib olindi.
Saidov Akiko Fujiining kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.