Bu qiziq

40 yoshdan so‘ng tabiat bizni asrab qolishga intilmaydi — shifokor

Mushak to‘qimalari o‘rniga yog‘ paydo bo‘la boshlaydi, organizmda ortiqcha yog‘lar shakar turli ko‘rinishda jamlana boshlaydi.
Sputnik
TOShKENT, 16 avg — Sputnik. Tabiat 40 yoshdan so‘ng insonni asrab qolishga intilmaydi. Bu haqda tibbiyot fanlari nomzodi Diana Genvarskaya "GovoritMoskva" radiostansiyasida hikoya qilib berdi.
“40 yoshdan so‘ng tabiat bizni asrab qolishga intilmaydi. Shuning uchun organizmda turli xil jarayonlar boshlanadi. Birinchi va eng dahshatlisi — mushak to‘qimalari o‘rniga yog‘ to‘qimalari paydo bo‘la boshlaydi. Inson organizmida yog‘lar hazm bo‘ladigan yagona joy - bu mushaklardir. Shu sababli organizmda, glikogen (shakar) turli ko‘rinishda jamlana boshlaydi, noto‘g‘ri reaksiyalar, jumladan, qandli diabet kelib chiqshi boshlanadi. Shuning uchun 50 dan 60 yoshgacha bo‘lgan aholining aksariyatida qandli diabet bor”, - dedi mutaxassis.
Amerika Saraton jamiyati olimlari o‘tkazgan tadqiqotlarga ko‘ra, 1990-yillarda tug‘ilganlar orasida saraton kasalligiga chalinish holatlari 1950-yillarda tug‘ilganlarga nisbatan 2-3 baravar ko‘p uchrar ekan. Eng ko‘p hollarda saraton - ingichka ichak, jigar va oshqozon osti aniqlangan ekan.

Bunday xulosaga kelish uchun olimlar 1920-1990 yillarda tug‘ilgan, saratonning 34 xil turi bilan kasallangan 23,5 million bemorlarning tibbiy kartalarini tahlil qilib chiqishgan.

Dastlabki xulosalariga ko‘ra, bu tendensiya Shimoliy Amerikadada so‘nggi yillarda tarqalgan turmush tarziga bog‘liq bo‘lishi mumkin ekan. Bu kam harakatlilik, semirish, noto‘g‘ri ovqatlanish, uyqusizlik va boshqalar.