TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Moskva viloyati Yangiyo‘l tumanida meva va sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, quritishga ixtisoslashgan yirik loyihani amalga oshiradi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev va Moskva viloyati gubernatori Andrey Vorobev ishtirokidagi onlayn muloqotda ma’lum qilindi.
Toshkent va Moskva viloyatlari o‘rtasida bir qator loyihalar borasida kelishuvlarga erishildi
Qayd etilishicha, moskvaliklar viloyatda meva va sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, quritishga ixtisoslashgan umumiy qiymati 15 million dollarlik yana bir yirik loyihani amalga oshiradi.
Shu maqsadda Toshkent viloyati tomonidan yer ajratish va kommunikatsiya tizimi masalalarida ko‘mak zarurligi bildirildi.
“Bu taklif Zoyir Mirzayev tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, Yangiyo‘l tumani eng maqbul hudud ekanligi ta’kidlandi”, — deyiladi xabarda.
Quyidagi takliflar ma’qullandi:
Bo‘stonliq tumanida dam olish maskanlari barpo etish, ya’ni, mehmonxonalar, bolalar uchun sog‘lomlashtirish oromgohlari, sanotoriylar, dor yo‘llari qurish;
viloyatda rus va ingliz tillariga ixtisoslashgan ta’lim muassasasi tashkil etish.
O‘rganish ishlarini olib borish uchun Rossiya delegatsiyasi sentabr oyida Toshkent viloyatiga tashrifi kutilmoqda.
Uchrashuvda aytilishicha, o‘tgan yillar davomida ikki tomon o‘rtasida qo‘shma loyihalar muvafaqqiyatli amalga oshirilgan. Jumladan, Nurafshon shahridagi 10 million dollarlik salqin ichimliklar ishlab chiqaradigan qo‘shma korxona faoliyati.