Kino kechasi: O‘zbekiston umumrossiya aksiyasiga qo‘shiladi

“Kino kechasi”da O‘zbekistondan tashqari BRIKS va MDH davlatlari ham ishtirok etadi.
Sputnik
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. O‘zbekiston BRIKS va MDH davlatlari bilan birgalikda har yili o‘tkaziladigan “Kino kechasi” umumrossiya aksiyasiga qo‘shiladi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vazirligi xabar berdi.
Filmlar Rossiyaning Xitoy, Hindiston, Braziliya, Efiopiya, Misr, Qozog‘iston, Belarus, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Tojikiston, Armaniston, Moldova va Turkmanistondagi elchixonalari, madaniyat markazlari va boshqa mamlakatlardagi xorijiy muassasalarida namoyish etiladi.
Filmlar namoyishi Rossiya va xorijdagi 5 mingdan ortiq maydonda tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Har yili “Kino kechasi” uchun eng yaxshi 3 ta rus filmlari tanlab olinadi. Bu yilgi dasturda "Sto let tomu vpered" fantastik blokbasteri (rejissor Aleksandr Andrushenko), "Po shuchyemu veleniyu" ertagi (rej. Aleksandr Voytinskiy) va "Vozdux" harbiy-tarixiy dramasi (rej. Aleksey German-ml.) bor.
“2023 yilda “Kino kechasi”da bir milliondan ortiq odam ishtirok etdi va umid qilamanki, ushbu film tadbirining mashhurligi o‘sishda davom etadi, ayniqsa bu yil tadbir birinchi marta xalqaro miqyosda bo‘lib o‘tmoqda”, — dedi Rossiya madaniyat vaziri Olga Lyubimova.
BRIKS mamlakatlari uchun filmlar turli tillarda subtitrlar bilan taqdim etiladi. Masalan, xitoy, arab, portugal, ingliz tillari, shuningdek eshitish va ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan tomoshabinlar uchun ham filmlarning subtitrli va audio izohli versiyalari tayyorlandi.
Shuningdek, ko‘plab joylar tomoshabinlar uchun qo‘shimcha madaniy va dam olish dasturlarini tashkil qiladi.
Kino kechasidagi barcha namoyishlarga kirish bepul.