TOShKENT, 14 avg — Sputnik. Shahnoza Mirziyoyeva O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga saylandi, deya xabar berdi qo‘mita matbuot xizmati.
“O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi Ijroqo‘m yig‘ilishining tegishli qarori bilan Mirziyoyeva Shahnoza Shavkatovna O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga saylandi”, — deyiladi xabarda.
Shahnoza Mirziyoyeva hozirda Prezidenti huzuridagi ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ham faoliyat yuritib kelmoqda.
Shahnoza Mirziyoyeva
Ma’lumot uchun, Shahnoza Mirziyoyeva 1986-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Pedagogika fanlari nomzodi. Shuningdek, huquq va jahon iqtisodiyoti bo‘yicha magistrlik darajalariga ega.
2017 yildan (ochilganidan beri) O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligida ishlagan, u yerda maktabgacha ta’lim sohasida siyosatni shakllantirish va strategik rivojlanish Bosh boshqarmasiga rahbarlik qilgan. Shuningdek, u vazirning maktabgacha ta’limda tenglik va inklyuziya bo‘yicha maslahatchisi bo‘lgan.
Mirziyoyeva O‘zbekiston maktabgacha ta’lim tizimida muvaffaqiyatli amalga oshirilgan ko‘plab innovatsion g‘oyalar muallifi. Masalan, nogiron bolalar uchun “Imkon” reabilitatsiya markazi bilan ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti loyihasi. Uning tashabbusi bilan butun respublika bo‘ylab boshlangan yana bir loyiha – bu “Aqlvoy” mobil bolalar bog‘chalari bo‘lib, u eng chekka qishloq joylaridagi bolalarga maktabgacha ta’lim xizmatlaridan mutlaqo bepul foydalanish va maktabga tayyorgarlik ko‘rishda yordam beradi.
"Aqlvoy" avtobusi.
© Sputnik
Shahnoza Mirziyoyeva, shuningdek, O‘zbekiston da aholini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha yagona agentlik tashkil etish bo‘yicha ishchi guruhga rahbarlik qilgan.